PRESETT dasturi mahalliy konsultantlari Qo‘qon davlat universitetida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida PRESETT dasturi mahalliy konsultantlari ishchi guruhining Qo‘qon davlat universitetida bo‘ldi.
Tashrif doirasida professor-oʻqituvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlovchi oliygohlarda oʻquv dastur va modullarni modernizatsiya qilish, reflektiv amaliyotni taʼlim jarayoniga integratsiyalash va talabalarning reflektiv vazifalaridan samarali foydalanishni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, oʻqituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari ham ko‘rib chiqildi.
Tadbir ishtirokchilarga bilim almashish, tajriba orttirish va taʼlim jarayonini yanada samarali qilish imkonini berdi.