Fakultetda umumiy 108 nafar professor-o‘qituvchilar bo‘lib, shundan 47 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD) va 5 ta fan doktori, 5 nafar professor, 49 nafar dotsent ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Umumiy ilmiy salohiyat 50% tashkil qiladi.
Fakultetda umumiy kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha 5 ta, “60110800-Ona tili va adabiyoti (rus tili adabiyoti)”, “60111100-Milliy g’oya manaviyat asoslari va huquq ta’limi”, “60220300-Tarix”, “60220500-Falsafa”, 60230100-Filologiya va tillarni (o‘zbek tili), 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili), 60110700-O‘zbek tili va adabiyoti, 60111700-O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishlari mavjud. Jami talaba 2836 nafar, shundan, sirtqi jami 491 ta talaba, kunduzgi jami 2297 ta talaba,masofaviy ta’lim shaklida 48 nafar talaba mavjud.
Rahbariyat
Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna
2025 yil 2 apreldan Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Dilnoza Mirxojidinovna 1980 yil 22 dekabrda Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti bakalavriatini, 2006 yilda esa magistraturasini tamomlagan. U o‘zbek tili mutaxassisi, filologiya fanlari doktori va professor. Rus va ingliz tillarini bilib, pedagogika sohasida katta tajribaga ega. Mehnat faoliyati: 1998–2002 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabaci 2003–2004 yy. — Farg‘ona shahri 1-sonli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi 2004–2006 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistranti 2007–2009 yy. — Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti 2009–2010 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi 2010–2012 yy. — kafedra katta o‘qituvchisi 2012–2013 yy. — kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi 2013–2017 yy. — kafedra mudiri 2017–2020 yy. — kafedra dotsenti (o‘rindoshlik asosida) 2020–2021 yy. — kafedra dotsenti 2021–2024 yy. — Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani 2024–2025 yy. — O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti dekani 2025 y.dan h.v. — QDU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Uning bilim va tajribasi fakultet faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Raxmatullayeva Dilafruz Shuxratovna
To‘ldirilmoqda
Raxmonov Elyor Abdullajonovich
Raxmonov Elyor Abdullajonovich 1984-yil 13-noyabrda Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, Ultarma qishlog‘ida tavallud topgan. 2003-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishiga talabalikka qabul qilinib, 2007-yilda uni tamomlagan. 2008–2010-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi magistratura mutaxassisligini yakunlagan. 2010-yil 3-dekabrdan boshlab Qo‘qon davlat pedagogika instituti Umumiy tarix kafedrasiga assistent-o‘qituvchi lavozimiga qabul qilingan. 2010–2015-yillarda Umumiy tarix kafedrasi o‘qituvchisi, 2015–2019-yillarda Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, 2019–2025-yillarda Tarix kafedrasi o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2025-yil 2-apreldan 2025-yil 2-sentabrgacha Qo‘qon davlat universiteti Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2025-yil 2-sentabrdan hozirgi kunga qadar Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda “Farg‘ona vodiysida aholini ijtimoiy himoyalash jarayoni (1991–2020-yillar)” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilib, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Fakultet missiyasi
Gumanitar fanlar va tillar fakultetining missiyasi — milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, keng dunyoqarashga ega, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan, bir nechta tillarda erkin muloqot qila oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Fakultet ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qiladi.
Fakultet yutuqlari
2025–2026-o‘quv yilida Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti talabalari ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat va sport yo‘nalishlarida qator yutuqlarga erishdilar. Talabalarning turli tanlov, stipendiya va ilmiy loyihalardagi muvaffaqiyatlari fakultetning ta’lim sifati hamda yoshlar salohiyatini rivojlantirish borasidagi samarali faoliyatidan dalolat beradi.
Jumladan, fakultetning 4 nafar talabasi Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibiga aylandi. “Ilhom” Respublika tanlovining universitet bosqichida fakultet vakillari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, 7 nafar talaba “Yil talabasi” tanlovi sovrindori bo‘ldi.
Talabalar ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda ham faol ishtirok etib, “Ma’rifat maydoni” tanlovining viloyat bosqichida 10 nafar talaba jamoasi 2-o‘rinni egalladi. “Milliy qadriyatlar” tanlovining viloyat bosqichida esa 10 nafar talaba 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Universitet miqyosida tashkil etilgan turli insholar tanlovlarida fakultetning 6 nafar talabasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Sport yo‘nalishida ham muhim natijalar qayd etildi. Xususan, fakultet talabasi Murodaliyev Javohir para yengil atletika bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida F-11 toifasida disk uloqtirish yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi.
Ilmiy faoliyat borasida ham sezilarli natijalarga erishilib, fakultet talabalarining 100 dan ortiq ilmiy maqolalari turli ilmiy jurnal va to‘plamlarda chop etildi.
Mazkur yutuqlar Gumanitar fanlar va tillar fakultetida yoshlarning bilim, tafakkur, ijodiy salohiyat va ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar samarasi ekanini namoyon etadi.
2025-yil avgustda Gumanitar fanlar va tillar fakulteti nomi bilan tashkil etilgan.