Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti

Tabiiy fanlar fakulteti tavsifi

1998-yildan beri 72 professor-oʻqituvchi 4 ta kafedra 1051 talaba

Fakultetda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha jami 19 ta bakalavriat hamda 7 ta magistratura yo‘nalishida kadrlar tayyorlanmoqda. Mazkur yo‘nalishlar Kimyo va ekologiya, Biologiya, Geografiya va iqtisodiyot hamda Fizika va astronomiya kafedralari tarkibiga kiradi.

Hozirgi kunda fakultetda jami 1779 nafar bakalavriat talabalari va 50 nafar magistrant tahsil olmoqda. Ta’lim shakllari kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • kunduzgi ta’lim shaklida — 1359 nafar;
  • sirtqi ta’lim shaklida — 261 nafar;
  • masofaviy ta’lim shaklida — 159 nafar.

Shuningdek, fakultet tarkibidagi kafedralarda hozirgi vaqtda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda: 02.00.10 — Bioorganik kimyo, 02.00.09 — Tovar kimyosi, 02.00.11 — Kolloid va membrana kimyosi, 03.00.13 — Tuproqshunoslik, 03.00.06 — Zoologiya, 11.00.01 — Tabiiy geografiya.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha 36 nafar tayanch doktorant (PhD) hamda 02.00.09 — Tovar kimyosi ixtisosligi bo‘yicha doktorantlar (DSc) ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti

Rahbariyat

Xo’jayev Vahobjon Umarovich
Dekan

Xo’jayev Vahobjon Umarovich

2025-yil 2-apreldan boshlab Xo‘jayev Vahobjon Umarovich Qo‘qon davlat universiteti Kimyo-texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. Xo‘jayev Vahobjon Umarovich 1970-yil 2-iyulda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Farg‘ona davlat universitetining kunduzgi bo‘limini kimyo o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Kimyo fanlari doktori, professor. Rus tilini biladi. “Xalq ta’limi a’lochisi” davlat mukofoti sohibi. Mehnat faoliyatini 1987-yilda Farg‘ona davlat universiteti kimyo-pedagogika fakulteti talabasi sifatida boshlagan. 1992–1993-yillarda O‘simlik moddalar kimyosi institutida stajyor-tadqiqotchi, 1993–1996-yillarda ushbu institut aspiranti bo‘lgan. 1996–1997-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, 1997–1998-yillarda kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 1998–2003-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Kimyo-geografiya fakulteti dekani, 2003–2006-yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi, 2006–2013-yillarda kimyo kafedrasi mudiri, 2013–2014-yillarda Tabiyot va geografiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2014–2020-yillarda Tabiy fanlar fakulteti dekani, 2020–2021-yillarda kimyo kafedrasi professori, 2021–2024-yillarda Tabiy fanlar fakulteti dekani, 2024–2025-yillarda esa Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2025-yil aprel oyidan boshlab Qo‘qon davlat universiteti Kimyo-texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida mehnat qilmoqda.

Alikulov Akmal Akramovich
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosari

Alikulov Akmal Akramovich

To‘ldirilmoqda

Noʻmonov Baxtiyorjon Omonjonovich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari

Noʻmonov Baxtiyorjon Omonjonovich

To‘ldirilmoqda

Sultonov Ravshanjon Rustamovich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari

Sultonov Ravshanjon Rustamovich

To‘ldirilmoqda

Fakultet missiyasi

Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining missiyasi — zamonaviy bilim va innovatsiyalar asosida yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda tabiiy fanlar va iqtisodiyot yo‘nalishlari integratsiyasi orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

Fakultet yutuqlari

Iqtidorli talabalar bilan muntazam olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida respublika va xalqaro miqyosda yuqori natijalarga erishilmoqda. Jumladan, fakultet talabalari orasidan:

  • 1 nafar Prezident stipendiyasi,
  • 2 nafar Islom Karimov stipendiyasi,
  • 10 nafar Mirzo Ulug‘bek stipendiyasi,
  • 10 nafar Alisher Navoiy stipendiyasi,
  • 1 nafar Abu Rayhon Beruniy stipendiyasi sohiblari yetishib chiqqan.

Shuningdek, fan olimpiadalarida ham salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Xususan, so‘nggi ikki yil davomida Geografiya yo‘nalishi bo‘yicha 2 nafar talaba birinchi o‘rinni, 1 nafar talaba esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur natijalar fakultetda ta’lim sifati izchil oshib borayotganini, ilmiy salohiyat mustahkamlanayotganini hamda iqtidorli yoshlar bilan samarali ishlar yo‘lga qo‘yilganini yaqqol namoyon etadi.

“Tabiiy fanlar va iqtisodiyot” fakulteti nafaqat ta’lim va ilmiy yo‘nalishda, balki moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida ham sezilarli natijalarga erishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni o‘tkazilgan faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni 3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon davlat universitetida muhim amaliy ishlar amalga oshirildi.

Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

Biologiya kafedrasi.

Kafedra 1980-yilda “Umumiy biologiya” nomi bilan tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada 19 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchi (shundan 12 nafari dotsent), 5 nafar katta o‘qituvchi hamda 9 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Fizika kafedrasi.

1990-yilda alohida “Fizika” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrada 13 nafar fan nomzodi, dotsent faoliyat yuritadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.

Geografiya va iqtisodiyot kafedrasi.

Kafedra 1999–2000-o‘quv yilining mart oyida Biologiya kafedrasidan ajralib, mustaqil faoliyat boshlagan. Bugungi kunda kafedrada 30 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ular orasida 4 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD), shuningdek, 3 nafar professor va 7 nafar dotsent mavjud. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali, katta ilmiy va amaliy tajribaga ega mutaxassislardan iborat bo‘lib, ilmiy salohiyati 53,3 foizni tashkil etadi.

Kimyo kafedrasi.

Kafedra 1991-yilda dastlab Matematika-fizika fakulteti tarkibidagi biologiya kafedrasining kimyo bo‘limi sifatida shakllangan. 1994-yilda esa mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqqan. Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar fan doktori, professor hamda 17 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD), dotsentlar faoliyat olib bormoqda.

Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti oʻz faoliyatini 1998-yil 4-aprelda institut rektorining 56-U-sonli buyrug‘i asosida Umumtexnika fakultetidan ajratilib, mustaqil “Kimyo-geografiya” fakulteti sifatida boshlagan.

2005-yilda OAK tavsiyasiga koʻra fakultet “Kimyo-biologiya” fakulteti deb qayta nomlandi.

2011-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida fakultet nomi “Tabiiyot va geografiya” fakulteti etib oʻzgartirildi.

2015-yil mart oyidan boshlab fakultet faoliyati “Tabiiy fanlar fakulteti” nomi ostida davom ettirildi.

2024-yil 1-iyunda rektor buyrug‘iga muvofiq Fizika-matematika fakulteti Tabiiy fanlar fakultetiga qoʻshilib, “Aniq va tabiiy fanlar fakulteti” tashkil etildi.

2025-yil 24-yanvarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan universitet maqomini olgach, rektor buyrug‘i bilan fakultet nomi yana oʻzgartirilib, “Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti” deb belgilandi. Ushbu nom fakultetda olib borilayotgan texnologik yoʻnalishdagi fanlar, innovatsion kimyo ishlanmalari, biologik va ekologik tadqiqotlar hamda boshqa tabiiy fanlar integratsiyasini aks ettiradi.

Bugungi kunda Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti zamonaviy ilmiy asosda yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydigan, ilm-fan va innovatsiyalar uygʻunlashgan ilgʻor fakultetlardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.