Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti tarixi 1931-yilga borib taqaladi. Fakultet dastlab 1931-yilda “Fizika-matematika” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan.
1970-yilda u Matematika fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. 1994-yilda fakultet Matematika va informatika fakulteti deb nomlandi. 2005-yilda yana Fizika-matematika fakulteti, 2012-yilda Matematika-informatika fakulteti, 2014-yilda esa qayta Fizika-matematika fakulteti nomi bilan faoliyat yuritdi.
2023-yilda fakultet Aniq va tabiiy fanlar fakulteti deb qayta nomlandi. 2025-yil aprel oyidan boshlab Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti nomi bilan faoliyat yuritdi. Shu yilning avgust oyidan boshlab esa Aniq fanlar va muhandislik fakulteti nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Rahbariyat
Aroyev Dilshod Davronovich
2025-yil 2-apreldan Aroev Dilshod Davronovich Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. Aroev Dilshod Davronovich 1979-yil 23-avgustda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2005-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti bakalavriatini, 2007-yilda esa magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — matematika va informatika. U texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent unvoniga ega. Ingliz va rus tillarini biladi. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar a’zosi emas. Mehnat faoliyatini 2001-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutida talaba sifatida boshlagan. 2005–2007-yillarda shu institutda magistratura bosqichida tahsil olgan. 2007–2013-yillarda Matematika-informatika kafedrasi o‘qituvchisi, 2013–2019-yillarda devonxona mudiri bo‘lib ishlagan. 2019–2020-yillarda Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2020–2021-yillarda Matematika-informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021–2025-yillar davomida Matematika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani hisoblanadi.
Fakultet missiyasi
Aniq fanlar va muhandislik fakultetining missiyasi — zamonaviy ilm-fan, muhandislik va raqamli texnologiyalar asosida yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda jamiyat va sanoat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Fakultet yutuqlari
Kiritilmagan
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi
Kafedra o‘z faoliyatini 1987-yilda boshlagan bo‘lib, dastlab “Hisoblash matematikasi va informatika kafedrasi” nomi bilan tashkil etilgan va o‘sha davrda institutdagi eng yosh kafedralardan biri hisoblangan.
2025-yil avgust oyidan boshlab kafedra “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” nomi bilan faoliyat yuritmoqda. Kafedraga pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent A.Q. Abdullayev rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 26 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular tarkibida 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 5 nafar falsafa doktori (PhD), shuningdek 2 nafar professor, 8 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi va 14 nafar o‘qituvchi mavjud.
“Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi
Kafedrada jami 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 17 nafari asosiy shtatda, 6 nafari ichki o‘rindoshlik asosida, 1 nafari esa tashqi o‘rindoshlik asosida ishlaydi.
Asosiy tarkibda 2 nafar PhD dotsent, 1 nafar ilmiy darajasiz dotsent, 2 nafar v.v.b dotsent va 1 nafar PhD v.v.b dotsent mavjud.
“Matematika” kafedrasi
Kafedra 1939-yilda “Matematika va fizika” nomi bilan tashkil etilgan. Turli yillarda uning nomi “Oliy matematika”, “Matematika va informatika”, “Matematika o‘qitish metodikasi” kabi yo‘nalishlarda o‘zgargan.
Hozirgi kunda kafedrada 36 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular tarkibida 1 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, 13 nafar PhD, shuningdek 1 nafar professor, 6 nafar dotsent, 14 nafar katta o‘qituvchi va 15 nafar o‘qituvchi mavjud.
“Kimyo muhandisligi va geodeziya” kafedrasi
Kafedra 2025-yil 2-apreldan “Kimyo muhandisligi” kafedrasi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik 2025-yil 28-avgustdan “Kimyo muhandisligi va geodeziya” kafedrasiga aylantirilgan.
Kafedra universitetda ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, ta’lim va tadqiqot jarayonlarini takomillashtirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular tarkibida 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar PhD, 1 nafar fan doktori (DSc) hamda dotsent-o‘qituvchilar mavjud. Kafedraning ilmiy salohiyati 66% ni tashkil etadi.
“Elektr texnologiyalari” kafedrasi
Kafedrada jami 38 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 22 nafari asosiy shtatda, 10 nafari ichki o‘rindoshlik asosida, 8 nafari esa tashqi o‘rindoshlik asosida ishlaydi.
Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti tarixi 1931-yilga borib taqaladi. Fakultet dastlab 1931-yilda “Fizika-matematika” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan.
1970-yilda u Matematika fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. 1994-yilda fakultet Matematika va informatika fakulteti deb nomlandi. 2005-yilda yana Fizika-matematika fakulteti, 2012-yilda Matematika-informatika fakulteti, 2014-yilda esa qayta Fizika-matematika fakulteti nomi bilan faoliyat yuritdi.
2023-yilda fakultet Aniq va tabiiy fanlar fakulteti deb qayta nomlandi. 2025-yil aprel oyidan boshlab Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti nomi bilan faoliyat yuritdi. Shu yilning avgust oyidan boshlab esa Aniq fanlar va muhandislik fakulteti nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.