Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3218-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida shakllangan.
Dastlab 5 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 103 nafar talabani qamrab olgan fakultet bugungi kunda Qo‘qon davlat universiteti tarkibida 27 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 9 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 2200 nafardan ortiq talaba bilan faoliyat yuritmoqda.
Fakultet ilm-fan, madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlarida zamonaviy ta’lim dasturlarini taklif etadi. O‘zining yuqori salohiyati va mustahkam mavqei bilan ajralib turuvchi “San’at va sport” fakulteti Farg‘ona vodiysida yetuk san’at, madaniyat va sport sohasi mutaxassislarini tayyorlovchi yetakchi fakultetlardan biri hisoblanadi.
Rahbariyat
Tojiboyev Jamshid Qoʻldoshevich
2025-yil 22-apreldan boshlab Qo‘qon davlat universiteti “San’atshunoslik va sport” fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi etib Jamshid Quldashevich Tadjibayev tayinlandi. Jamshid Quldashevich 1976-yil 4-oktabrda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. 1998-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining kunduzgi bo‘limini tamomlagan. 2002–2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati institutida, 2012-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Strategiya va istiqbolni belgilash oliy maktabida malakasini oshirgan. Mutaxassisligi — jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, ilmiy unvoni — dotsent (13.00.04 — Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtiruvchi va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi). Rus tilini biladi, harbiy unvoni — podpolkovnik. Mehnat faoliyati davomida u o‘qituvchilik, trenerlik, rahbarlik va davlat xavfsizlik idoralarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022–2025-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali direktorining “Yoshlarning ijtimoiy va ma’naviy barqarorligini saqlash” bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Fakultet missiyasi
“Ijodkorlik, san’at va sport mahorati hamda har tomonlama rivojlanish…”
Fakultet yutuqlari
Bugungi kunda fakultetda ijodiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalarni ilm-fanga yanada chuqur jalb etish orqali ular orasidan Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblarini tayyorlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, fakultetda ijodiy, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar bilan ishlashning samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetning xalqaro hamkorlik aloqalari keng rivojlangan bo‘lib, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Ispaniya davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.
Fakultetda o‘quv jarayoni dunyoning TOP-500 taligiga kiruvchi universitetlar o‘quv rejalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy o‘quv xonalari va texnik jihozlar bilan ta’minlangan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib, “ustoz-shogird” tizimi asosida talabalar bilan ishlaydi. O‘quv yili davomida 5 ga yaqin darslik, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va 20 ga yaqin monografiya chop etilgan.
Fakultet mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan doimiy takomillashtirilgan reja asosida faoliyat yuritadi. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mamlakatimiz hududlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash asosiy maqsadlardan biridir.
Fakultet barcha talabalar uchun teng va adolatli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi. Xususan, “Jismoniy madaniyat va sport” yo‘nalishi talabalari orasida Olimpiada, jahon va Osiyo chempionatlari g‘olib va sovrindorlari mavjud.
Fakultetda “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” tashkil etilgan bo‘lib, “Art Start” dasturi orqali startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi. “MetaExtract” va “Personal Ensemble” loyihalari “Bo‘lajak olim” tanloviga taqdim etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi “Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–26-son qaroriga muvofiq, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etish orqali xalqaro talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, oliy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Mazkur qaror asosida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligining takliflari inobatga olinib, 2025-yil 2-apreldan boshlab Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universiteti tashkil etildi. Shuningdek, 2025-yil 2-aprel sanasidan universitet tarkibida San’atshunoslik va sport fakulteti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Keyinchalik, 2025-yil 26-iyuldagi universitet tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan fakultetga San’at va sport fakulteti tashkil etildi.
Fakultet tarkibiga 5 ta kafedra kiradi:
- “Jismoniy madaniyat” kafedrasi — 31 nafar professor-o‘qituvchi (9 nafar dotsent, 2 nafar PhD, 2 nafar professor).
- “San’atshunoslik” kafedrasi — 55 nafar professor-o‘qituvchi (5 nafar professor, 1 nafar O‘zbekiston san’at arbobi, 1 nafar O‘zbekiston xalq artisti, 2 nafar xizmat ko‘rsatgan artist, 2 nafar PhD, 12 nafar dotsent, 33 nafar o‘qituvchi). Ilmiy salohiyat — 56,17 %.
- “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi — 17 nafar professor-o‘qituvchi (5 nafar dotsent, 7 nafar dotsent v.b., 5 nafar o‘qituvchi). Ilmiy salohiyat — 38 %.
- “Xalq ijodiyoti” kafedrasi — 13 nafar professor-o‘qituvchi (6 nafar dotsent, 2 nafar xizmat ko‘rsatgan artist, 2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar o‘qituvchi).
- “Musiqa nazariyasi” kafedrasi — 12 nafar professor-o‘qituvchi (1 nafar professor, 6 nafar dotsent, 1 nafar PhD). Ilmiy salohiyat — 58,3 %.
Fakultet professor-oʻqituvchilari
Professor-o'qituvchilar topilmadi
Hozircha professor-o'qituvchilar haqida ma'lumot yo'q.