Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Zamonaviy sport zal foydalanishga topshirildi
Calendar icon

Zamonaviy sport zal foydalanishga topshirildi

Zamonaviy sport zal foydalanishga topshirildi Qo‘qon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida "Yoshlar kuni" munosabati bilan tubdan qayta ta’mirlangan zamonaviy sport zalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Mazkur tadbir oliygohda talaba-yoshlarning ham intellektual, ham jismoniy kamoloti uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli sharoitlarning yana bir yorqin namoyishiga aylandi. Quvonarli jihati shundaki, sport majmuasining ochilishidan avval universitet rektori Dilnoza Xodjayeva fakultetda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida ishtirok etdi. Rektor oliygoh ostonasiga ilk qadamini qo‘ygan bitiruvchilar va talaba-yoshlar bilan muloqotda bo‘lib, universitetdagi ta’lim jarayonlari hamda yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar haqida suhbatlashdi. Uchrashuv yoshlarda ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirdi. Dastur davomida barchaning diqqat-e’tibori yangilangan sport koshonasiga qaratildi. Universitet rahbari majmuaning ramziy lentasini qirqib, maskanni rasman ochib berar ekan, ushbu majmua nafaqat oliygoh infratuzilmasini yaxshilashi, balki yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarida muhim poydevor bo‘lishini alohida ta’kidladi. Kapital ta’mirdan chiqqan sport majmuasi bugun butunlay yangicha qiyofa kasb etgan. Binoda zamonaviy yoritish va ventilyatsiya tizimlari o‘rnatilib, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, kurash hamda mini-futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanish uchun barcha zaruriy va eng so‘nggi rusumdagi inventarlar bilan to‘liq jihozlandi. Ushbu tadbirlar Qo‘qon davlat universitetida "Sogʻlom avlod — kelajak kafolati" tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarning amaliy isboti bo‘lib, yangilangan sport maskani endilikda talabalarning eng sevimli va gavjum maskaniga aylanishi shubhasiz.
San'at va sport fakulteti
Qo‘qon davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida yoshlarning kasbiy tanlovini to‘g‘ri shakllantirish va ularni kelajakda munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Qo‘qon davlat universiteti San’at va sport fakultetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” aynan ushbu ezgu maqsadlarga xizmat qildi. Tadbir nafaqat abituriyentlar uchun yangi ufqlar ochish, balki bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali muloqot maydoniga aylandi. Tadbir doirasida tashrif buyurgan maktab bitiruvchilari universitetning San’at va sport fakulteti faoliyati, u yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar uchun tashkil etilgan ekskursiya davomida yoshlar ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qiladigan moddiy-texnik baza bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Professor-o‘qituvchilar tomonidan fakultetda o‘qitiladigan yo‘nalishlar, ularning kelajakdagi istiqbollari hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. “Ochiq eshiklar kuni”ning o‘ziga xos jihati shundaki, u ikki tomonlama manfaatli jarayonni qamrab oldi. Bir tomondan, maktab bitiruvchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olib, oliy ta’limdagi muhitni his qilishdi va o‘z kelajaklari uchun to‘g‘ri yo‘nalish tanlashga undovchi motivatsiya oldilar. Ikkinchi tomondan esa, fakultetning bitiruvchi kurs talabalari uchun amaliyot o‘tash, bo‘lajak ish beruvchilar va soha mutaxassislari bilan muloqot qilish imkoniyati yaratildi. Bu jarayon bitiruvchilarning diplom olgach, mehnat bozorida o‘z o‘rnini tezroq topishlari va ish bilan bandligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Universitet rahbariyati va fakultet professor-o‘qituvchilari ta’kidlaganidek, bunday ochiq muloqotlar maktab va universitet o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlaydi. San’at va sport yo‘nalishlarida sifatli ta’lim olish uchun barcha zarur infratuzilma mavjudligi, talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi yutuqlari, shuningdek, universitetning mdaniyat va sport tashkilotlari bilan bo‘lgan hamkorligi abituriyentlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to‘liq javob oldilar. “Ochiq eshiklar kuni” yoshlar uchun shunchaki universitet bilan tanishuv emas, balki ularning katta hayot ostonasidagi ilk va muhim qadami sifatida xotiralarida muhrlandi. Qo‘qon davlat universiteti esa o‘z eshiklarini bilim va hunar egallashni maqsad qilgan barcha iqtidorli yoshlar uchun har doim ochiq ekanligini yana bir bor namoyish etdi.
San'at va sport fakulteti
Ijtimoiy faollik indeksi — talabalar salohiyatini baholashning yangi va adolatli mezoni
Calendar icon

Ijtimoiy faollik indeksi — talabalar salohiyatini baholashning yangi va adolatli mezoni

Ijtimoiy faollik indeksi — talabalar salohiyatini baholashning yangi va adolatli mezoni Ta’lim sohasidagi islohotlar bugun nafaqat o‘quv jarayonini, balki talaba-yoshlarning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini ham qamrab olmoqda. Shu munosabat bilan, Qo‘qon davlat universitetida “Ijtimoiy faollik indeksi” platformasining mazmun-mohiyati va undan foydalanish tartibiga bag‘ishlangan keng qamrovli o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda soha mutasaddilari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi — oliy ta’lim tizimida joriy etilayotgan yangi baholash tizimini professor-o‘qituvchi va xodimlarga yetkazish, talabalarning darsdan tashqari faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmlarini tushuntirishdan iborat bo‘ldi. O‘quv-seminar davomida ta’kidlanganidek, endilikda talabalarning salohiyati faqatgina darslardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan cheklanib qolmaydi. Universitet hayotida faol ishtirok etayotgan, jamoat ishlarida tashabbus ko‘rsatayotgan yoshlarning sa’y-harakatlari maxsus raqamli tizim — "Ijtimoiy faollik indeksi" orqali baholab boriladi. Bu tizim talabalarning har tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball berilishi belgilangan. Talabaning faoliyati 9 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha, 100 ballik mezon asosida tahlil qilinadi. Tizimdan foydalanish tartibi foydalanuvchilar uchun maksimal darajada soddalashtirilgan. Talabalar my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasi orqali shaxsiy kabinetlariga kirib, “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlashlari kifoya. U yerda ariza yaratish tugmasini bosish orqali amalga oshirilgan ishlar yoki erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat, fotosurat va boshqalar) tizimga yuklanadi. E’tiborli jihati shundaki, kiritilgan barcha ma’lumotlar shaffoflik tamoyili asosida universitet tyutorlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Talabaning darslardagi davomati va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. Bu esa inson omilining aralashuvini kamaytiradi va adolatli baholashni ta’minlaydi. Seminarda Ahmadjon Husanov so‘zga chiqib, ushbu tizim yoshlarni o‘z ustida ishlashga, jamiyat uchun foydali tashabbuslar bilan chiqishga undashini qayd etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Mazkur yangilik nafaqat talabalar orasida sog‘lom raqobatni shakllantiradi, balki Qo‘qon davlat universitetining mamlakatimizdagi zamonaviy va ilg‘or oliygohlardan biri sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
Sahna va iste’dod: unutilmas raqs kechasi oʻtkazildi
Calendar icon

Sahna va iste’dod: unutilmas raqs kechasi oʻtkazildi

Sahna va iste’dod: unutilmas raqs kechasi oʻtkazildi Qo‘qon davlat universiteti San’at va sport fakulteti tashabbusi bilan talabalar ishtirokida unutilmas raqs kechasi tashkil etildi. Turon madaniyat saroyida yuqori saviyada o‘tkazilgan mazkur tadbir yoshlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Bayramona ruhda o‘tgan kecha davomida milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori Ahmadjon Husanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning har tomonlama kamol topishida muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Shuningdek, fakultet jamoasiga tashkiliy ishlar uchun minnatdorlik bildirib, talabalarga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Raqs kechasi davomida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan rang-barang chiqishlar namoyish etildi. Sahna ko‘rinishlari, milliy liboslar jilosi va zamonaviy xoreografiya elementlari uyg‘unligi tadbirga o‘zgacha joziba bag‘ishladi. Ayniqsa, xalq raqslari va zamonaviy raqs yo‘nalishlari sintezida yaratilgan kompozitsiyalar tomoshabinlar tomonidan olqishlarga sazovor bo‘ldi. Tadbir yakunida faol va iqtidorli talabalar munosib taqdirlandi. Ularga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa yoshlarda yanada katta marralarni zabt etish, o‘z ustida ishlash va ijodiy izlanishlarni davom ettirishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirdi. Mazkur raqs kechasi nafaqat san’at bayrami, balki yoshlarning iste’dodini kashf etish, ularni rag‘batlantirish hamda universitet hayotini yanada jonlantirishga xizmat qilgan muhim madaniy tadbir sifatida yodda qoldi.
Yoshlarni giyohvandlikdan asrash — ustuvor vazifa
Calendar icon

Yoshlarni giyohvandlikdan asrash — ustuvor vazifa

Yoshlarni giyohvandlikdan asrash — ustuvor vazifa Qoʻqon davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuvda so‘zga chiqqan universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov giyohvandlikning salbiy oqibatlari hamda yoshlarga yetkazilishi zarur bo‘lgan profilaktik tushunchalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligiga, oila va jamiyat barqarorligiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida atroflicha fikr yuritildi. Ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va zararli odatlardan yiroq bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Qo‘qon davlat universiteti talabalari viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Calendar icon

Qo‘qon davlat universiteti talabalari viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Qo‘qon davlat universiteti talabalari viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichida Qo‘qon davlat universiteti talabalari munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. Musobaqa jarayonlarida talaba-sportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Xusanov hamda Sport klubi raisi o‘rinbosari Zokir G‘afurov tashrif buyurib, jamoaga dalda va motivatsiya berdilar.

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.